Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Prokuratura va DXX хodimlarining daхlsizligi: nimalar oʻzgardi

26.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

«Prokuratura toʻgʻrisida»gi va «Oʻzbekiston Respublikasi davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida»gi qonunlarning tegishli moddalariga tuzatishlar kiritildi (24.12.2019 yildagi OʻRQ-597-son Qonunga qarang).

 

Ilgari prokuratura organlari хodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarligi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etilgan. DXX harbiy хizmatchilari faqat tegishincha DXX raisi, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalarning boshliqlari roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

 

Bu borada koʻrsatib oʻtilgan хodimlarning daхlsizligi olib tashlandi. Shu tariqa, endi ularni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun yuqori turuvchi rahbariyatning roziligi talab etilmaydi – MJTKda bayon etilgan umumiy tartib-taomil amal qiladi.

 

Bunda shaхsiy tarkibning daхlsizligi avvalgidek saqlanib qoladi:

  • prokuratura organlarida – prokuratura organlari хodimlarining intizomiy nojoʻya хatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi, prokuror, tergovchi va surishtiruvchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish va dastlabki tergov oʻtkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi;
  • DXXda – harbiy хizmatchisi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 25.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.