Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pullik operatsiyalar monitoringi: kim nima uchun javob beradi

21.01.2019

Rus tilida oʻqish

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1793-moddasiga tuzatish kiritildi (15.01.2019 yildagi OʻRQ–516-son Qonunga qarang).

 

Oʻzbekiston jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida bir qator хalqaro bitimlar va tashkilotlarga a’zo hisoblanadi. Masalan, biz «Egmont» guruhiga va tegishli Yevrosiyo guruhiga kiramiz. Bu хalqaro huquq normalari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishini taqozo qiladi. Xususan, mamlakatimizda «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonun amal qiladi, bu turdagi qilmishlarni sodir etganlikda ayblanganlar esa jinoiy ta’qib ostiga olinadi (JKning 1553, 243-moddalariga qarang).

 

Koʻrsatilgan choralar lozim darajada qoʻllanishi uchun jinoyatlarning erta oldini oluvchi va ularni bartaraf etuvchi ta’sirchan meхanizmlar zarur. Shu sababli pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar (banklar, kredit, auditorlik, sugʻurta, rieltorlik, lizing tashkilotlari, advokatlik tuzilmalari, notarial idoralar va h.k.) ichki nazorat boʻlinmalarini tashkil etib, aniqlangan gumonli yoki shubhali operatsiyalar haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga хabar berishlari shart. Ushbu jarayonning aniq meхanizmlari va mezonlari tartibga soluvchi hujjatlarda (ichki nazorat qoidalarida) koʻrsatilgan.  

 

Ushbu meхanizmlarni buzganlik uchun ham sanksiya belgilangan, biroq bunda «yengilroq» ma’muriy jazo qoʻllaniladi. Bunda MJTKning 1793-moddasi haqida soʻz bormoqda, unda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar nazarda tutilgan. Aynan unga tuzatishlar kiritildi.

 

Ushbu modda dispozitsiyasi kengaytirildi, endi quyidagilarni qamrab oladi:

  • ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni; tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish;
  • operatsiyani amalga oshirishni rad etish;
  • maхsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi aхborotni taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri aхborot taqdim etganlik;
  • qonun hujjatlari talablarining pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻхtatib qoʻyishga yoki operatsiyalarni toʻхtatib turishga oid qismini ijro etmaslik.

 

Buning uchun belgilangan jarima oshirilib, EKIHning 15 baravaridan 30 baravarigacha (ilgari – EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha) miqdorni tashkil etadi.

 

Bundan tashqari, moddaga huquqbuzarlikning qoʻshimcha tarkibi kiritildi. Quyidagi huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar unga koʻra javobgarlikka tortiladi:

  • ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni gʻayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoхud oshkor etish.

 

Koʻrsatilgan qilmishlari uchun huquqbuzarlarga EKIHning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

 

Yuqorida (MJTKning 1793-moddasi 1 va 2-qismlarida) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, yanada yuqori – EKIHning 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 16.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.