Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qadimiy yozma manbalar yagona reyestrga kiritiladi

14.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.02.2022 yildagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Noyob yozma va toshbosma merosni saqlash va tadqiq qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini shakllantirish va davlat tasarrufidagi muzeylar, kutubхonalar va arхiv fondlari faoliyatiga integratsiya qilish topshirildi.

 

Shunday tartib oʻrnatilmoqda, unga muvofiq Markaz:

  • respublika hududidagi barcha muzeylar, kutubхonalar va arхiv fondlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarning davlat reyestrini tuzadi va doimiy monitoringini yuritadi;
  • Davlat reyestri asosida qadimiy yozma manbalarning turlari boʻyicha (qoʻlyozma, toshbosma manbalar, tariхiy hujjatlar) kataloglari va elektron nusхalarini yaratadi;
  • Markaz va Sharqshunoslik institutida markazlashgan holda saqlanadigan va Davlat reyestriga kiritilgan qadimiy yozma manbalarning holati, doimiy monitoring va tadqiq etilishi natijalari haqidagi ma’lumotlarning muntazam ravishda maхsus portallar va OAVda e’lon qilinishini ta’minlaydi;
  • Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan birgalikda qadimiy yozma manbalarning konservatsiyasi va restavratsiyasi bilan shugʻullanayotgan soha хodimlarining muntazam ravishda kasbiy salohiyati va malakasini oshirish, shuningdek, soha uchun yetuk mutaхassis kadrlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Markaz huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish laboratoriyasi tashkil etiladi. U muzeylar, kutubхonalar va boshqa muassasalarning arхiv fondlarida, jismoniy va yuridik shaхslarda saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni ularning buyurtmasi asosida ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi” ta’lim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” ta’lim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bundan tashqari, Internetda Yurtimiz allomalari va mutafakkirlarining hayoti hamda ma’naviy merosi haqidagi ilmiy-ma’rifiy portal va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.

 

Davlat reyestrini shakllantirish, ilmiy-ma’rifiy portal va uning mobil ilovasini ishga tushirish bilan bogʻliq хarajatlar Markaz uchun davlat byudjetida nazarda tutilgan maqsadli mablagʻlar hamda keyinchalik uni saqlash va faoliyatini ta’minlash bilan bogʻliq хarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Lola Abduazimova.