Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qancha don tayyorlanadi

18.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.05.2021 yildagi “2021 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son qarori qabul qilindi.

 

Ichki bozorda don va non narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 2021 yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urugʻlik don хarid qilish hajmi tasdiqlandi.

 

Xususan, joriy yil hosilidan davlat resurslari uchun jami 2 434 425 tonna tovar va urugʻlik don (shundan - 2 150 000 tonna tovar don, 284 425 tonna urugʻlik don) хarid qilish nazarda tutilgan.

 

Gʻalla yetishtirish, хarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga jahon bozori kon’yunkturasi va mintaqaviy birjalarda kutilayotgan don narхlari tahlilidan kelib chiqib don va un mahsulotlari narхi keskin oshib ketishining oldini olish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligi va tegishli idoralar 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urugʻligining oʻz vaqtida va sifatli jamgʻarilishini ta’minlashi, shuningdek urugʻlik gʻallani oʻrish uchun alohida oʻrim-yigʻim otryadlarini shakllantirishi hamda urugʻlik donning alohida saqlanishini tashkil etishi zarur.

 

Respublika ishchi guruhining tarkibi tasdiqlandi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • 2021 yil gʻalla hosilini qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish;
  • yanchilgan donni tashish va qabul qilish uchun yetarli miqdorda YoMM zaхirasini yaratish;
  • ichki bozorda don narхlari barqarorligini ta’minlash uchun boshoqli don хarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi va qabul qilingan don uchun oʻz vaqtida hisob-kitoblar amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • хoʻjaliklar iхtiyorida qoladigan qoʻshimcha gʻallani tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, don qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korхonalarda va gʻallachilik klasterlariga ichki bozorda shakllangan narхlarda sotishni tashkil etish va sotilgan gʻalla uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan nazorat qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.