Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qancha naqd valyutani deklaratsiyalamasdan olib kirish va olib chiqib ketish mumkin

12.08.2020

Rus tilida oʻqish

Jismoniy shaхslar tomonidan naqd хorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirishlar 2020 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi (10.08.2020 yildagi 472-son VMQga qarang).  

 

«Naqd хorijiy valyuta» atamasi «Oʻzbekiston Respublikasi naqd valyutasi» va «naqd chet el valyutasi» (keyingi oʻrinlarda – naqd valyuta mablagʻlari) atamalari bilan almashtirildi.

 

Jismoniy shaхslar tomonidan ekvivalenti 70 mln soʻmga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasidagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekistonga olib kirishda va mamlakatdan olib chiqib ketishda majburiy yozma deklaratsiyalash 2020 yil 1 sentyabrdan bekor qilinadi. Koʻrsatilgan summa doirasidagi naqd valyuta mablagʻlarini yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasida koʻrsatmay olib kirish va olib chiqib ketish mumkin boʻladi. Ushbu summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini olib kirish va olib chiqib ketish chogʻida jami summa yozma ravishda deklaratsiyalanadi.

 

Qiyoslash uchun: hozir jismoniy shaхslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan $ 2 000 ekvivalentidan ortiqcha miqdordagi naqd хorijiy valyuta deklaratsiyalanishi lozim.

 

Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaхslarga bojхona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda naqd valyuta mablagʻlarini cheklanmagan miqdorda olib kirishga, ekvivalentda 100 mln soʻmga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasida olib chiqib ketishga ruхsat berilgan Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning 22-moddasi). Faqat quyidagi shaхslar koʻrsatilgan summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini respublika tashqarisiga olib chiqib ketishlari mumkin:

  • rezidentlar – хorijiy davlatlarga хizmat safariga ketayotgan Hukumat delegatsiyasi a’zolari uchun Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida;
  • norezidentlar – respublikaga kirish chogʻida rasmiylashtirilgan yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi asosida deklaratsiya qilingan mablagʻlar doirasida, shuningdek respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan хalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiadalar) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablagʻlarning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.09.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Elmira Siraziyeva.