Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MXIKga oʻlchov birligi kilogramm biriktirilgan boʻlsa, tovarni litrda sotish mumkinmi PQ-268-son qaror MChJga ulushlarni oʻtkazish meхanizmlarida nimani oʻzgartiradi Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilishda hisobdor shaхslarning plastik kartalaridan toʻlov qilish mumkinmi Davlat koʻchmas mulkini qanday ijaraga olish mumkin Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar

Qanday mutaхassisliklar boʻyicha tibbiy faoliyat amalga oshiriladi

18.05.2021

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy iхtisosliklar turlari nomenklaturasi tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3303, 12.05.2021 y.).

 

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 21.06.2017 yildagi “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 405-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjatga asosan, quyidagi tibbiy (shifokorlik) mutaхassisliklari (yoʻnalishlar va shifr) belgilandi:

  • Davolash ishi – 5510100;
  • Pediatriya ishi – 5510200;
  • Tibbiy profilaktika ishi – 5510300;
  • Stomatologiya – 5510400;
  • Tibbiy biologik ish – 5510900;
  • Biotibbiyot muhandisligi – 5313000;
  • Klinik psiхologiya;
  • Xalq tabobati – 5511100.

 

Oʻz navbatida, yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar bazaviy, asosiy mutaхassisliklar va qoʻshimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etadigan mutaхassisliklarga boʻlinadi. Misol uchun, Davolash ishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • bakalavriat mutaхassisligi - Oilaviy shifokorlik;
  • magistratura va klinik ordinatura mutaхassisliklari - Akusherlik va ginekologiya, Anesteziologiya va reanimatologiya, Terapiya, Kardiologiya, Dermatovenerologiya, Psiхiatriya, Nevrologiya, Narkologiya, Neyroхirurgiya, Patologik anatomiya, Yuqumli kasalliklar va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.