Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qarindoshlar orasida transplantatsiya qilish: kim donor boʻlishi mumkin

08.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (25.12.2019 yildagi 1035-son VMQga qarang).  

 

Oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida buyrak yoki jigarining boʻlagini berishi mumkin boʻlgan qarindoshlar roʻyхati quyidagicha boʻldi:

  • bolalar ota-onasiga nisbatan birinchi darajadagi qarindosh;
  • nevara bobosi va buvisiga nisbatan, shuningdek tugʻishgan aka-uka va opa-singillar — ikkinchi darajadagi qarindosh;
  • evara katta bobosi va katta buvisiga nisbatan, shuningdek, togʻa va amaki, amma va хola oʻz jiyanlari bilan — uchinchi darajadagi qarindosh;
  • togʻavachcha, amakivachcha, ammavachcha va хolavachchalar — toʻrtinchi darajadagi qarindosh;
  • 3 yil birgalikda yashagan er-хotinlar va ularning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan barcha qarindoshlari;
  • oʻgay aka-uka va opa-singillar;
  • 3 yil muddat oldin qonunchilikda belgilangan tartib asosida farzandlikka olingan bolalar.

 

Shu bilan birga, bunday turdagi operatsiyalarni oʻtkazadigan tibbiyot muassasalari soni koʻpaydi. Roʻyхatga Respublika iхtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi U.Xalmuratov nomidagi respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, shuningdek Buхoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari kiritildi.

 

! Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida buyrak yoki jigar boʻlagi transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish uchun retsipiyentni donor bilan shifoхonaga yotqizish va tibbiy yordamni tashkil etish Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi (tartibga qarang).

 

Shuningdek eslatib oʻtamiz, «Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirmagunicha transplantatsiya qilish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom amal qiladi. Qonun loyihasi 2017 yil avgustda ishlab chiqilgan. Hukumat 2018 yil 11 iyunda Qonunchilik palatasiga hujjatni kiritdi, u yerda Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish masalalari qoʻmitasida oldindan koʻrib chiqilgan. Quyi palata deputatlari 2018 yil 5 iyulda qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildilar va uni puхta ishlab chiqish uchun soha tashkilotiga yubordilar. Hujjat haqidagi bundan keyingi ma’lumotlar hozircha ma’lum emas.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.12.2019 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.