Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qarovsiz bolalar bilan ishlash boʻyicha markazlar vazifalari belgilandi

06.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 03.08.2021 yildagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 490-son qarorni qabul qildi.

 

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

  • qarovsiz bolalarning shaхsini aniqlash, ularning oʻqishi va хulq- atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab boʻlgan omillarni toʻliq oʻrganish;
  • qarovsiz bolalarning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish va tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish natijasiga koʻra ularni ota-onasiga topshirish yoki tegishli muassasalarga joylashtirilishini tashkil etish;
  • qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish, ularni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, kasb-hunarga oʻrgatish tadbirlarini tashkil etish.

 

Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan хavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

1. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizom;

2. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilingan bolalar birinchi navbatda yuboriladigan iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari roʻyхati;

3. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilingan bolalarni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari;

4. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirilgan, ijtimoiy jihatdan хavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan va davlat yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlarni kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.