Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Qarshida agrar sektor muhandislari tayyorlanadi

01.06.2019

Rus tilida oʻqish

Shaharda Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari institutining filiali tashkil etilmoqda (VMning 28.05.2019 yildagi 437-son qaroriga qarang). 

 

Filialning vazifasi – qishloq va suv хoʻjaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni milliy va хalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash.

 

Bu yerda oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi. Qabul qilinadigan talabalar soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Shuningdek qaror bilan filial huzurida akademik litsey tashkil etildi. Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining binosi filialga, Qovchin qishloq хoʻjaligi kasb-hunar kollejining binosi esa akademik litseyga berildi. Mazkur kollejlarning oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar filial va akademik litsey binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.

 

Filial va akademik litsey onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlanadi, shuningdek yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta’lim milliy tarmogʻiga ulanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2019 yildan kuchga kirdi.