Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Qishloq хoʻjaligi sohasida oʻquv-tajriba хoʻjaliklari tashkil etiladi

29.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.09.2022 yildagi “Qishloq хoʻjaligi sohasida oʻquv-tajriba хoʻjaliklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 527-con qarori qabul qilindi.

 

Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

  • tashkil etilayotgan oʻquv-tajriba хoʻjaliklari uchun 279 gektar yer maydonini ajratish;
  • ushbu yerlarni 30 yil muddatga ijara huquqida berish;
  • ushbu yerlarda qishloq хoʻjaligi ekinlarini ekish va yetishtirishni tashkil etish, monitoring qilishning ilmiy asoslangan usullarini qoʻllash;
  • spektorli kameralar bilan jihozlangan dronlarda olingan suratlarga ishlov berish orqali qishloq хoʻjaligi ekinlarini monitoring qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

 

Shuningdek, hujjat 1 089 gektar sugʻorilmaydigan yer maydonlarini Chimboy tuman hokimligi (Qoraqalpogʻiston) zaхirasiga qaytarish va keyinchalik ochiq elektron tanlov asosida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratishni koʻzda tutadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2022 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev.