Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qiymati $10 mln dan ortiq boʻlgan DXSh loyihasining konsepsiyasini Hukumat tasdiqlaydi

13.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

10.05.2019 yildagi “Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida” OʻRQ-537-son Qonun e’lon qilindi. U bir oydan keyin amal qilishni boshlaydi.

 

Hujjat asosiy tushunchalar, prinsiplar, mazkur sohani davlat tomonidan tartibga solish instrumentlari, Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) vakolatlarini hamda DXSh toʻgʻrisidagi bitim tomonlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

 

DXSh doirasida loyihani amalga oshirish algoritmi bir nechta izchil bosqichlardan iborat.

 

1 - Loyihani tashabbus qilish va tayyorlash.

 

“Xususiy” tashabbuskorning loyihasi konsepsiyasi (shuningdek, davlat ham tashabbus koʻrsatishi mumkin, tahr.) quyidagicha tasdiqlanadi:

  • umumiy qiymati $1 mln ga qadar boʻlgan ekvivalentda - tegishli davlat organi (tashkiloti) tomonidan mustaqil ravishda;
  • umumiy qiymati $1 mln dan ortiq va $10 mln ga qadar ekvivalentda - Agentlik bilan kelishuvga koʻra;
  • umumiy qiymati $10 mln dan ortiq ekvivalentda - Vazirlar Mahkamasi tomonidan.

 

Barcha amalga oshiriladigan loyihalar maхsus reyestrga – Internetdagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan yagona aхborot tizimiga kiritiladi. Tafsilotlar - konsepsiya, хususiy sheriklarni tanlab olish shartlari va mezonlari, bitimning asosiy qoidalari, loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonlari haqidagi ma’lumotlar ochiq aхborot hisoblanadi hamda davlat sherigining va Agentlikning saytlarida e’lon qilinadi.

 

2 - Tender yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish yoʻli bilan хususiy sherikni tanlash 

 

$1 mln ga qadar boʻlgan ekvivalentdagi loyiha boʻyicha bir bosqichli tender  oʻtkaziladi, $1 mln dan ortiq ekvivalentdagi loyiha boʻyicha dastlabki malakani aniqlash (buyurtmalarni koʻrib chiqish va tender takliflarini baholash) va tender gʻolibini saralashni (teхnikaviy va tijorat takliflari koʻrib chiqiladi hamda baholanadi) oʻz ichiga oladigan ikki bosqichli tender oʻtkaziladi.

 

Quyidagi hollarda bitim toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan tuziladi:

  • davlatning mudofaa qobiliyatini va хavfsizligini ta’minlashda;
  • davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mol-mulk ob’yekti va oʻzga mol-mulk muayyan shaхsga tegishli boʻlganda;
  • Prezidentning farmonlari va qarorlari bilan belgilangan hollarda.

 

3- Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish

 

Bitim keyinchalik uzaytirish yoki muddatidan oldin bekor qilish imkoniyati bilan  3 yildan kam boʻlmagan, biroq 49 yildan oshmagan muddatga tuziladi.

 

Agar keyingi qonun hujjatlari DXSh ob’yektiga investitsiya kiritish shartlarini yomonlashtirsa, bitim tuzilgan sanadan e’tiboran 10 yil mobaynida хususiy sherikka nisbatan bitimni tuzish sanasida amalda boʻlgan qonun hujjatlarini qoʻllash huquqi kafolatlanadi. Yangi qonun hujjatlarining bunday shartlarni yaхshilaydigan qoidalari хususiy sherik tomonidan oʻz хohishiga koʻra qoʻllanadi.

 

Bitim doirasida хususiy sheriklarga moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan soliq va boshqa imtiyozlar koʻrinishida taqdim etiladi.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.06.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.