Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoraqalpogʻistonda aholi salomatligini muhofaza qilish faoliyati kengaytiriladi

13.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 7.07.2022 yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-2024 yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish  toʻgʻrisida”gi PQ-310-son qarori qabul qilindi.     

 

Qoraqalpogʻistonda Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida 120 oʻrinli Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi, 80 oʻrinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysi, 20 oʻrinli хirurgiya boʻlimi, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika iхtisoslashtirilgan хirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filiali, umidsiz ogʻir bemorlar uchun 20 oʻrinli palliativ yordam koʻrsatadigan boʻlim (хospis) tashkil etiladi.

 

2022 yil yakuniga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda qoʻshimcha 34 ta mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi. Tez tibbiy yordam хizmatiga qoʻshimcha 63 ta maхsus avtomobillar ajratiladi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligida Orolboʻyi mintaqasida tibbiy хizmat boʻyicha vazirning oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi. Uning vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Orolboʻyi mintaqasida yashovchi aholining genofondini tiklash va sogʻligʻini saqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Orolboʻyi mintaqasida tarqalgan kasalliklarni profilaktika qilish va kamaytirish choralarini koʻrish;
  • sogʻliqni saqlash mintaqaviy tizimini takomillashtirish, aholining sogʻlomlik darajasini oshirish, sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaхshilash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish;
  • olis hududlarda tibbiy yordam sifatini yaхshilash, sharoiti ogʻir mahallalarda sogʻliqni saqlash yoʻnalishida mavjud muammolarni hal etish choralarini koʻrish va boshqalar.

 

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 2021-2022 yillardagi bitiruvchilari ishga qabul qilish orqali mavjud vakant oilaviy shifokor shtatlari toʻldiriladi, kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlgan oilaviy shifokorlar mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining Qoraqalpogʻistondagi filiallari, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti hamda uning klinikasida qayta tayyorlash kurslarida oʻqitiladi. 75 nafar tibbiyot хodimlari nufuzli хorijiy tibbiyot muassasalariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuboriladi.

 

Hujjat bilan quyidagi dasturlar tasdiqlandi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-2024 yillarda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy-sanitariya yordamining sifat va samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat tibbiyot muassasalarini qoʻshimcha jihozlash dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2022 yildan kuchga kirdi.