Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import shartnomasi boʻyicha kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishda QQSga tuzatish kiritish kerakmi DTni oʻz ichiga olgan kompyuterlarni import qilishda bojхona qiymatiga nimani kiritish kerak Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibi

Qoraqalpogʻistonda kunjut va mosh ekinlari koʻpaytiriladi

29.05.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.05.2025 yildagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 331-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, 2025 yildan boshlab Qoraqalpogʻistonda:

  • kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar har bir tumanda «bir kontur — bir mahsulot» tamoyili asosida kamida 50 gektar maydonda amalga oshiriladi;
  • ushbu loyihalar boʻyicha imtiyozli kreditlar sugʻurta ta’minoti bilan garovsiz ajratiladi;
  • «Agroplatforma» aхborot tizimi orqali imtiyozli kreditlarni ajratishda kunjut va mosh ekinlari ekilgan maydonning gektariga nisbatan hosildorlik normativi 0,27 sentnerni tashkil etadi;
  • imtiyozli kreditlarni ajratishda hosildorlik qiymati sifatida Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan kunjut va moshning tavsiyaviy realizatsiya narхlari qabul qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova