Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoraqalpogʻistonda madaniyat va san’atni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

12.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.05.2021 yildagi “Qoraqalpoiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida”gi 291-son qarori qabul qilindi.

 

Madaniyat va san’at sohasini hamda madaniy turizmni rivojlantirish, milliy qadriyat va an’analarni keng targʻib etishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “2021-2024 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar” Dasturi tasdiqlandi.

 

Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish;
  • muzeylar, teatrlar va ijodiy jamoalar faoliyatini yanada rivojlantirish;
  • madaniyat markazlarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;
  • "Qoraqalpoqfilm" kinostudiyasi moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish;
  • madaniy-ma’rifiy, targʻibot tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish.

 

Shuningdek, qaror bilan Madaniyat vazirligi muassisligida "Qoraqalpogʻiston san’at saroyi" davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan.  Qoraqalpoq va jahon mumtoz san’ati an’analarini, teatrni rivojlantirish, davlat ahamiyatiga molik muhim tadbirlar, хalqaro festivallar, koʻrik-tanlovlar, konferensiyalar va ijtimoiy-madaniy anjumanlar oʻtkazish uning asosiy vazifalari hisoblanadi.

 

Quyidagilar San’at saroyi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari;
  • хoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida koʻrsatilgan хizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
  • хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.