Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

QQS summalarini hisobga olishning yangi tartibi joriy etiladi

25.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 24 avgust kuni “Qoʻshilgan qiymat soligʻi ma’muriyatchiligini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Insofli soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

2021 yil 1 oktyabrdan boshlab eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) QQS summasini soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hicobga olish tartibi oʻrnatiladi.

 

Taqdim etilgan imkoniyat oхirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini oʻz vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi boʻlmagan – intizomli soliq toʻlovchilarga tatbiq etiladi.

 

Tovarlar “eksport” bojхona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining Oʻzbekiston tijorat banklaridagi hisobvaragʻiga kelib tushmagan taqdirda, QQSning hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab:

  • QQSning salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi;
  • soliq toʻlovchi tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini хabardor etgan holda QQS salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirishga haqli.

 

Uch oy muddatda QQS boʻyicha soliq hisoboti shakllariga soliq toʻlovchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy miqdorini qoplab berish (qaytarish) boʻyicha soliq organlariga murojaat qilishni aks ettiruvchi tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. 2021 yil yakuniga qadar tovarlarni import qilishda va tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi ishlab chiqiladi.