Prezident 20.05.2026 yildagi "Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.
Qurbon hayitini munosib nishonlash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, doʻstlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida, shuningdek, Musulmonlar idorasining ma’lumotlarini inobatga olib, 27 may Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga koʻra, Qurbon hayitining birinchi kuni ishlanmaydigan bayram kuni etib belgilangan.
Prezidentning 24.12.2025 yildagi "2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PF-257-son Farmoniga muvofiq quyidagilar qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar etib belgilandi:
• ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha хodimlar uchun: 2026 yil 28 may payshanba, 29 may juma;
• olti kunlik ish haftasidagi хodimlar uchun: 30 may, shanba.
Hujjat OʻzAda e’lon qilingan va 21.05.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




