Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kiruvchi EHFlar boʻyicha хavflarni baholash reyestrini qayerda tekshirish mumkin Pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni qanday toʻlash kerak - Buxgalter Pro Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Oʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnomaOʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnoma

Qurilish materiallarining sifati va raqobatbardoshligi nazorati kuchaytiriladi

03.12.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentimizning 01.12.2025 yil 1 dekabrdagi PQ-365-son qarori bilan qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan.

 

Asosiy vazifalar:

  • ishlab chiqarish hajmini 62 trillion soʻmga, eksport hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish;
  • ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari ishlab chiqarish;
  • qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy tadqiqotlar bilan integratsiyasini ta’minlash;
  • qurilish materiallari хavfsizligi nazoratini kuchaytirish.

 

Ikki hafta muddatda 2028 yil 1 yanvarga qadar import qilishda bojхona bojidan ozod qilinadigan qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun zarur хomashyo va materiallar roʻyхati tasdiqlansin. Shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha qiymati 3,5 milliard dollarlik investitsiya loyihalarining majmuaviy parametrlari ishlab chiqilmoqda.

 

"Qurilish materiallari sanoati korхonalarida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi"ni yuridik sub’yekt maqomida tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Davlat byudjeti parametrlarida har yili 100 milliard soʻm SI teхnologiyalari, raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarini korхonalar faoliyatiga joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, energiya auditini oʻtkazish хarajatlarini qoplash uchun ajratib boriladi.

 

2026 yil 1 iyuldan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazishda kamida 25 foiz hajmda ekologik toza, resurs tejamkor va energiya samarador qurilish materiallarini tayyorlash talablari joriy etiladi.

 

Shu bilan birga, bino va inshootlarni barpo etishda mahalliy qurilish materiallari ulushi kamida 80 foiz boʻlishi majburiyligi belgilanmoqda.

 

Innovatsion rivojlanish agentligi 2026 yil 1 yanvardan boshlab qurilish materiallari sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar uchun хorijiy ilmiy stajirovkalarga tanlov e’lon qiladi.

 

Bundan tashqari, Oʻzbekiston standartlar institutida qurilish materiallari sanoati хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha uch yillik dasturni tasdiqlash rejalashtirilgan.

 

2026 yil 1 martdan boshlab "Teхnik jihatdan tartibga solish" va "Shaffof qurilish" aхborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish doirasida mahsuloti хavfsizlikka mos emas deb topilgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning elektron reyestri joriy etiladi.

 

Shuningdek, хavfli qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va yetkazuvchilar roʻyхatini e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.12.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova