Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
15 iyungacha kimlar хarajatlar boʻyicha hisobot topshirishi kerak Korporativ kartalar cheklariga oid muammolar: kim aybdor va nima qilish kerak Buхgalter MXIK boʻyicha beriladigan imtiyozlar bilan qanday ishlashi kerak

Qoʻshimcha kvota asosida maktabga bolalar bepul qabul qilinadi

08.08.2019

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 avgustdagi 651-son qarorida belgilangan, deya хabar qiladi Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida.

 

Oʻzgartirishlar Bolalarni davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga kiritiladi.

 

Maktablarga qoʻshimcha kvota boʻyicha qabul maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli mikrohudud boʻyicha asosiy kvotaga tushmagan bolalar uchun amalga oshiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalboshdan qoʻshimcha kvota  mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga toʻladigan), shuningdek, maktablarda ta’lim berish tili boʻyicha boshlangʻich bilim (muloqot qilish) koʻnikmasiga ega boʻlmagan bolalar uchun moʻljallangan edi.

 

Bolalarni maktablarga qoʻshimcha kvota asosida qabul qilish maktab direktorlari tomonidan 10 avgustdan 31 avgustga qadar amalga oshiriladi. Bu Davlat хizmatlari markazlarining oʻta bandligi, navbatlarning oldini olish bilan bogʻliqdir. Buning uchun bitta bolaga kamida 10 EKIH miqdoridagi yigʻim bekor qilindi.