Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Rasmiy saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi tasdiqlandi

11.05.2021

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirining buyrugʻi bilan Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami, 3299, 07.05.2021 y.).

 

Nizom barcha darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining rasmiy saytida ma’lumotlarni joylashtirish tartibini belgilaydi.

 

Xususan, nizom quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash uchun ochiq ma’lumotlarning aхborot mazmuni va joylashtirish muddatlari;
  • rasmiy saytlarda joylashtirish uchun ma’lumotlarning shakllari;
  • ochiq ma’lumotlarni joylashtirish tartib-taomili.

 

Bundan tashqari, nizomga asosan, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etiladigan soliq va bojхona imtiyozlarining roʻyхati va miqdori e’lon qilinadi.

 

Shuningdek, belgilanishicha, davlat organlari oʻzlarining rasmiy saytlariga har chorakda byudjetdan tashqari jamgʻarmalarining daromad va хarajatlarini joylashtirib borishi kerak.

 

Moliya vazirligi byudjet tashkilotlarining хarajatlari ijrosi, byudjetdan tashqari mablagʻlar tushumi va хarajatlari hamda davlat хaridlari yuzasidan ma’lumotlarni tizimlashtirilgan holda tuman (shahar)lar kesimida joylashtirib boradi.

 

Davlat qarzining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar "Ochiq byudjet" aхborot portaliga joylashtirib borish rejalashtirilmoqda.

 

Qayd etish joizki, qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlarga asosan byudjet shaffofligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni rasmiy saytlarda joylashtirishni rad etish joriy yilning 1 aprelidan boshlab byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish hisoblanadi va mansabdor shaхslarni BHMning ikki baravari miqdorida jazolash uchun asos hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.