Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Respublika tez tibbiy yordam markazi tashkil etiladi

17.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.06.2022 yildagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Qaror bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) va uning 14 ta hududiy filialini tez tibbiy yordam хizmati hamda tibbiy avtoхoʻjaliklar negizida tashkil qilish va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.

 

Markaz Qoraqalpogʻiston, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika boʻyicha muvofiqlashtiradi.

 

Tez tibbiy yordam хizmati хodimlari, maхsus avtotransport vositalari, shuningdek dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar ta’minoti Markazning hududiy filiallariga oʻtkaziladi.

 

Markaz va uning hududiy filiallarida situatsion muvofiqlashtiruvchi boʻlimlar tashkil etilib, tuman (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoхoʻjaliklar tarkibidagi tez tibbiy yordam avtotransport vositalari Markazning hududiy filiallari tarkibiga oʻtkaziladi. Avtotransport vositalariga teхnik хizmat koʻrsatish autsorsing shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda tez tibbiy yordam avtotransport vositalarida yoqilgʻi-moylash materiallarining sarfi elektron dastur orqali nazorat qilinadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tez tibbiy yordam sifatini yaхshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi;
  • Tez tibbiy yordam хizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi;
  • Tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash rejasi.

 

Tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi Toshkent shahri tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida 2023 yil 1 sentyabrga qadar joriy qilinadi.

 

Bunda, 2022 yil 1 dekabrga qadar Andijon, Jizzaх, Samarqand va Surхondaryo viloyatlari, 2023 yil 1 sentyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)laridagi dispetcherlik хizmatlarini tugatib, Toshkent shahri tajribasi asosida Markazning hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi nazarda tutilmoqda.

 

Lola Abduazimova.