Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Samarqandda Rossiya jismoniy tarbiya universitetining filiali ochiladi

10.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 2019 yil 8 mayda tegishli qarorni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Samarqand shahrida «Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti» Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining filiali tashkil etiladi.

 

Bu yerda ta’lim Rossiya federal ta’lim standartlariga muvofiq rus tilida amalga oshiriladi. Filial OOʻMTV hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ta’limning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini ochadi. Bunda kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbolidan kelib chiqiladi.

 

Filial Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda universitet bilan kelishgan holda 2019/2020 oʻquv yili va keyingi yillar uchun qabul kvotalari, «kontrakt» miqdorini belgilaydi. Abituriyentlar qabuli va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston soha vazirliklari bilan kelishilgan holda universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga mamlakatimizda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

 

Filial Samarqand ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji bino, inshootlari va unga tutash hudud (Samarqand, Usta Umar Joʻraqulov koʻchasi, 15-uy) berilgan Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetining Samarqand filiali hududida (Samarqand, Ibn Sino koʻchasi, 17a-uy) joylashtiriladi. 1 sentyabrga qadar boʻlgan muddatda ular kapital ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi, mebel, inventar, zamonaviy oʻquv hamda laboratoriya uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy teхnika bilan jihozlanadi.

 

Oleg Zamanov.