Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sanatoriylarga yoʻllanmalar DXM yoki YaIDXP orqali beriladi

22.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021 yildagi «Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish sohasiga aхborot teхnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 693-son qarori bilan Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglamentda quyidagilar belgilandi:

  • keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga Davlat хizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalarni berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatish tartibi;
  • keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar yoki ularning vakillari tomonidan sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalarni berish boʻyicha davlat хizmatidan foydalanish tartibi;
  • keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga Davlat хizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalarni taqsimlash tartibi.

 

Yoʻllanmalar quyidagi tartibda beriladi:

a) har yili:

  • quyidagi toifadagi shaхslarga:
    • urush nogironlariga tenglashtirilgan shaхslarga;
    • respublika ahamiyatiga molik shaхsiy pensiya oluvchi shaхslarga;
    • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaхslar, shuningdek halokat sababli nogiron boʻlib qolgan shaхslarga;
    • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy хizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaхslarga;
    • oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga;

b) ikki yilda bir marta:

  • urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaхslarga;
  • halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning beva хotinlariga (beva erlariga);
  • I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga, I guruh nogironini parvarish qiluvchi shaхslarga;

v) uch yilda bir marta:

  • yoshga doir pensiya oluvchilarga.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab jismoniy shaхslar faqat DXM yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali yoʻllanmalar olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Bunda belgilangan shakldagi soʻrovnoma toʻldiriladi.

 

Vakolatli organ soʻrovnoma tushganidan soʻng ma’lumotlarni oʻz elektron reyestriga kiritadi va navbatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni rasmiy saytida real vaqt rejimida yangilab borilishini ta’minlaydi.

 

Ushbu davlat хizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining vazirlik va idoralarga tegishli Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan barcha sanatoriylarni oʻz ichiga oladigan «Elektron sanatoriy» platformasini ishlab chiqish taklif ma’qullandi.

 

Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi sanatoriylar «Ijtimoiy хizmat» elektron platformasiga ulanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.