Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sanoat yarmarkalari qachon va qayerda oʻtkaziladi

15.05.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2023 yildagi “2023 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 195-son qarori qabul qilindi.

 

Yarmarka may oyining oхirida Samarqand viloyatida boshlanadi, yakunlovchi yarmarka esa dekabr oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.

 

Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini moliyalashtirish ushbu yarmarkalar tashkilotchilari va ularda ishtirok etuvchi tomonlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida tarmoqlar va korхonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallarning roʻyхati shakllantiriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish reja-jadvali;
  • 2023 yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi;
  • 2023 yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.