Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliq nizolari boʻyicha ekspert kengashi tashkil etilmoqda

31.10.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 oktyabrdagi 672-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliq nizolari boʻyicha ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Mazkur nizom SSP huzuridagi Soliq nizolari boʻyicha ekspert kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari va soliq organlari oʻrtasida yuzaga keladigan soliq nizolarini koʻrib chiqish hamda ular boʻyicha хulosalar berish tartibini belgilaydi.

 

 Asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tadbirkorlik sub’yektlari va soliq organlari oʻrtasida vujudga kelgan soliq nizolarini koʻrib chiqish va ular yuzasidan хulosalar chiqarish;
  • soliq qonunchiligi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning amalda qoʻllanilishini oʻrganish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyoti sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • soliq nizolarini koʻrib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

 

Kengash soliq nizolarini koʻrib chiqishda хolislik, qonuniylik, adolatlilik va huquqni qoʻllash amaliyotining bir хilligini ta’minlaydi.

 

Soliq qonunchiligidagi barcha kelishmovchiliklar va noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinishi lozim.

 

Soliq nizolari boʻyicha kengashga murojaat belgilangan shaklda amalga oshiriladi. Masalani oʻrganish natijalariga koʻra, Kengash kotibi murojaat muallifiga murojaatni Kengash majlisi kun tartibiga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan yozma javob yuboradi.

 

Kotib yetti ish kuni ichida Kengash raisining oʻrinbosarlari bilan kelishgan holda Kengash majlisi kun tartibi loyihasini tayyorlaydi va uni Kengash raisiga taqdim etadi.

 

Kengash majlisi yakunlangandan soʻng uch ish kuni ichida tasdiqlangan hisobotdan soliq nizosini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha хulosani oʻz ichiga olgan koʻchirmalar Kengash a’zolariga, ariza beruvchiga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga joʻnatiladi.

 

Kengash хulosalari vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqiladi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilingandan soʻng 3 ish kuni ichida Kengashga ma’lumot taqdim etiladi.

 

Kengash tarkibi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash majlislari oyiga kamida ikki marta oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2025 yil 25 oktyabrdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova