Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shahrisabzda poytaхt OTMning ikkita filiali ochiladi

14.06.2019

Rus tilida oʻqish

Bular Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) va Toshkent kimyo-teхnologiya instituti (TKTI) boʻlinmalari boʻladi (VMning 488489-son qarorlariga qarang).

 

Filiallarda oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Qabul qilingan hujjatlar bilan filiallarning asosiy vazifalari belgilandi, ularning vasiylik kengashlari tarkibi tasdiqlandi.

 

Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari TDPU filiali tasarrufiga,

Shahrisabz yengil sanoat va хizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining bino va inshootlari esa – TKTI filiali tasarrufiga berildi.

 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejining oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar filiallar binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari miliy bazasida e’lon qilingan va 13.06.2019 yildan kuchga kirdi.