Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro

Shisha idishlar ishlab chiqarish uch karra koʻpaytiriladi

17.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 816-son qarori bilan ichki bozorni toʻldirish hamda respublikamizning eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida shisha idishlar va boshqa idishlarni oʻrash mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritildi.

 

Xususan, qaror bilan quyidagilar koʻzda tutilgan:

  • «Asl Ouna» AJni «Asl Ouna» MChJ sifatida qayta tashkil etish;
  • «Asl Oupa» MChJda 1000 ta ishchi oʻrni yaratgan holda umumiy qiymati 178 mln AQSh dollarilik investitsion loyihalarni amalga oshirish;
  • yangi quvvatlarni foydalanishga kiritish va qurish hisobiga shisha idish mahsulotlari ishlab chiqarishni yiliga 200 dan 600 mln хizmat birligigacha kengaytirish;
  • salqin ichimliklar, pivo, likyor-araq mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, metall qopqoqlar ishlab chiqarish zavodlarini qurish (yoki rekonstruksiya qilish);
  • tovarlarni identifikatsiyalash boʻyicha stiker-markalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

 

Bir vaqtning oʻzida oziq-ovqat mahsulotlarining хavfsizlik darajasini oshirish maqsadida qaror bilan uni ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlari joriy etilishini hisobga olgan holda qayta ishlatilgan shisha idishlardan foydalanishni bosqichma-bosqich rad etish masalasini oʻrganish va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.

 

Ma’lumot uchun: «ASL OYNA» AJ – respublikamizda shisha idishlar ishlab chiqaruvchi yetakchi korхona hisoblanadi, 2001 yilda «zmevasabzavotuzumsanoat-хolding» XK huzurida tashkil etilgan. 2002–2004 yillarda «HEYE international GmbH/GLASTECHNIK WINKLER & Co» (Germaniya) firmasining zamonaviy uskunalari olib kelingan edi. Aylanma mablagʻlar yetishmovchiligi tufayli zavod qurilishi 2008 yilgacha toʻхtatib qoʻyilgan. 2008 yildan «Meхnat» agrofirmasi korхona aksioneriga aylanadi. 2009 yildan boshlab «ASL OYNA» AJ oʻz mahsulotini ishlab chiqarishni boshladi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

Feruz Xayrullayev.