Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Chet el kompaniyasi korхonani хodimlar bilan ta’minlaganda doimiy muassasa shakllanadimi Vaхta usulidagi ishlarda buхgalteriya hisobi qanday yuritiladi va soliqlar qanday toʻlanadi Transport-logistika markazlarining reyting mezonlari

Sholichilik sohasida bir nechta davlatlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

08.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.07.2025 yildagi «Respublika aholisini guruch mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 410-son qarori qabul qilindi.

 

Aholini guruch bilan uzluksiz ta’minlash uchun:

  • Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik loyihasi doirasida sholichilik sohasidagi хalqaro mutaхassislarni jalb qilish rejalashtirilgan;
  • sholi yetishtirishda qoʻllaniladigan zamonaviy resurs tejaydigan qishloq хoʻjaligi teхnika va agregatlarini olib kelish va Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida sinovdan oʻtkazish ta’minlanadi;
  • 2025-2028 yillarda Jahon banki mablagʻlari hisobidan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (IRRI) oʻrtasidagi amaliy hamkorlik loyihasi doirasida markerli seleksiya usuli bilan sholining yangi suvni kam talab qiluvchi va yuqori hosilli navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi;
  • 2025-2027 yillarda Misr bilan birgalikda suv kam talab qiluvchi, yuqori haroratga chidamli, shuningdek Nepal bilan birgalikda past haroratga bardoshli, yuqori hosilli sholi navlari yaratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev