Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

«Silk Avia» aviakompaniyasi «Uzbekistan Helicopters» MChJga oʻtkazilmoqda

23.10.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.10.2023 yildagi «Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-337-son Qaror imzolandi.


Hujjatga muvofiq:

  • «SILK AVIA» MChJ ustav kapitalidagi «Uzbekistan Airports» AJning 100 % ulushini «Uzbekistan Airways» AJ tarkibidagi «Uzbekistan Helicopters» MChJ ustav kapitaliga oʻtkaziladi;
  • «Uzbekistan Airports» AJning 3 ta «ATR72-600» rusumli havo kemasi «SILK AVIA» MChJga begʻaraz oʻtkaziladi;
  • «Uzbekistan Helicopters» MChJ zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish hamda «ATR72-600» rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklatiladi.

 

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.10.2023 yildan kuchga kirdi.


 
Sobir Nurberdiyev.