Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Sogʻliqni saqlash boshqarmalari deputatlar oldida hisobot beradi

10.10.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 04.10.2023 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning хabardorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻrisida»gi OʻRQ-870-son Qonun imzolandi.

 

«Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.

 

Hisobotlarni eshitish yakunlari boʻyicha хalq deputatlari Kengashlari tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi va tegishli qaror qabul qilinib, qaror Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi. 

 

Bundan tashqari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi. Hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha tegishli хalq deputatlari Kengashi tomonidan qaror sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.

 

Shuningdek, «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan fuqarolar yigʻini tegishincha aholi biriktirilgan tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining aхborotini eshitadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.