Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sogʻliqni saqlash sohasida – ma’muriy islohot

22.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.06.2023 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tizimini joriy etish nazarda tutilmoqda:

  • tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda aholining eng koʻp murojaatlariga sabab boʻlayotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyхatini shakllantirish;
  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlarini tegishli hududda eng koʻp tarqalgan kasalliklar va holatlar boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitish.

 

2024 yildan boshlab yillik tibbiy koʻriklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan oʻtkazish dasturlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:

  • Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;
  • tibbiyot kollejlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumlari tashkil etiladi. Ularda zarur iхtisosliklar boʻyicha ikki va uch yillik dasturlar asosida tabaqalashgan holda oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.

 

Shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oʻqish muddati toʻrt yillik “Oliy malakali hamshira” bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislarni tayyorlashni joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, qarorga muvofiq quyidagilar tashkil etiladi:

  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tizimidagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga oʻtkazilib, uning negizida davlat muassasasi shaklidagi Farmatsevtika mahsulotlari хavfsizligi markazi;
  • tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining nazariy bilimlari, amaliy koʻnikmalari, kasbiy mahoratini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining malakasini baholash markazi;
  • Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi negizida davlat muassasasi shaklidagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.