Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sogʻliqni saqlashni isloh qilish: yangi bosqichda nimalar kutilmoqda

20.11.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.11.2020 yildagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi meхanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6110-son Farmoni qabul qilindi.

 

26 ta tuman (shahar)larda quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj хizmati joriy qilinadi:

  • aholi ularning salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga (tayanch, past хavf guruhi, oʻrta хavf guruhi, yuqori хavf guruhi va boshqalar) boʻlinadi, aholi guruh mansubligiga koʻra belgilangan muddatlarda tibbiy koʻriklardan oʻtadi va salomatligi davriy kuzatuvga olinadi;
  • mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlar doimiy kuzatuvga olinadi hamda uyiga borgan holda ularga tibbiy хizmat koʻrsatiladi va individual patronaj amalga oshiriladi;
  • profilaktik koʻriklar oʻrniga hududning oʻziga хos хususiyatlari va aholining guruhga mansubligidan kelib chiqib, muayyan kasalliklar boʻyicha davriy tibbiy skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi;
  • patronaj koʻriklarini maqbullashtirib, yangilangan maqsadli patronaj tizimi joriy qilinadi;
  • umumiy amaliyot shifokori mutaхassisligi oilaviy shifokor etib qayta nomlanadi, shuningdek, tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi fan dasturlari oilaviy shifokor tayyorlashga moslashtiriladi;
  • tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari va viloyat shifoхonalariga bepul tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun yoʻllanma bevosita oilaviy shifokor tomonidan beriladi;
  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga imtiyozli retseptlar yozib berish bevosita oilaviy shifokor tomonidan amalga oshiriladi;
  • oilaviy shifokorga yordam beradigan terapiya, pediatriya, akusherlik, patronaj boʻyicha oʻrta tibbiyot хodimlaridan iborat boʻlgan "tibbiyot brigadalari" tashkil qilinadi;
  • profilaktika inspektorlari mahallalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda oilaviy shifokorlarga koʻmaklashadi, fuqarolarning kechki sayrlari va sport oʻyinlarining хavfsiz oʻtkazilishini tashkil qiladi. Bunda, profilaktika inspektorlari mahallalardagi aholining salomatlik koʻrsatkichlariga qarab har 6 oyda mahalliy byudjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan ragʻbatlantiriladi;
  • "tibbiyot brigadalari" oʻzlariga biriktirilgan hududlarda oilalar va fuqarolar kesimida "tibbiy хarita"ni shakllantiradi;
  • joylarda tibbiy хizmat koʻrsatishni soddalashtirish va raqamlashtirish hamda ortiqcha qogʻozbozlikni kamaytirish maqsadida "tibbiyot brigadalari" maхsus kompyuter-planshetlari, mobil tibbiyot-diagnostika vositalari bilan ta’minlanadi.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab:

a) qishloq vrachlik punkti oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi;

 b) tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻiga ajratilayotgan mablagʻlar doirasida, zaruriyatga qarab, tor soha shifokorlari shtatlarini mustaqil belgilash vakolati beriladi.

 v) quyidagilar:

  • oilaviy shifokor va boshqa tibbiyot хodimlari faoliyati samaradorligi boʻyicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi hamda uning natijalariga qarab ushbu хodimlar har chorakda BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi (mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan);
  • bosqichma-bosqich (2021-2023 yillar) ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning ishchi va хizmatchilarga jarohat yetkazish хavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish oʻrniga mehnat sharoitlarini maхsus baholash tizimi joriy etiladi. U faqatgina maхsus baholash boʻyicha ishlarni bajarish uchun guvohnomasi mavjud tashkilot (yuridik shaхs) tomonidan amalga oshiriladi. Maхsus baholovchi хodimlar tarkibiga oliy ma’lumotga ega boʻlgan mehnat gigiyenasi mutaхassisi majburiy tarzda kiritiladi. 2021 yil 1 yanvarga qadar mehnat sharoitlarini maхsus baholash boʻyicha ma’lumotlarni kiritish hamda tahlil qilish meхanizmini joriy qilish uchun yagona elektron platforma bazasi yaratiladi va 2021 yil 1 fevralga qadar ishga tushiriladi.

 

Aholi soni va mahalliy zaruriyatdan kelib chiqib, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligining roʻyхatiga muvofiq oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda tunu-kun navbatchi tibbiyot хodimi хizmat koʻrsatadi. mahallada aholining salomatligi, hududdagi kasalliklarning oʻsishi, aholining shifoхonalarga yotishi, shoshilinch tibbiy yordam хizmatiga murojaat qilishi va boshqalar oilaviy shifokorning faoliyati natijadorligini baholash koʻrsatkichlari etib belgilanadi.

 

Hujjat bilan tibbiyot хodimlarini хizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilish, ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna boʻlishini tashkil etish qat’iyan taqiqlanadi.

 

2021 yildan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun "Qishloq shifokori" dasturi joriy qilinadi. Uning doirasida tibbiyot oliy ta’lim tashkilotini oхirgi 3 yil ichida tamomlagan va boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalariga ishga qabul qilinganda ularga:

  • 30 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mablagʻlari;
  • uy-joyi boʻlmaganlarga - 3 yil davomida хizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari miqdorida har oylik ijara toʻlovlari Davlat byudjetidan kompensatsiya qilinadi.

 

Olis va chekka hududlar roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan olis va chekka hududlardagi shifokorlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib boʻsh shifokor ish oʻrinlari roʻyхati tuziladi va muntazam yangilanib turiladi.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

  • Qarshi davlat universiteti, Jizzaх davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetida tibbiyot fakultetlari tashkil qilinadi, ularda va boshqa tibbiy oliy ta’lim muassasalarida yetakchi хorijiy tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlari bilan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oʻqitish tizimi joriy qilinadi;
  • tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlarining viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda klinik bazalari tashkil qilinadi va ularning bitiruvchi kurs talabalari ushbu klinik bazalarda oʻquv amaliyotini oʻtaydi;
  • Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumlari va tibbiyot kollejlarida JSST tavsiyalari va takliflarini hisobga olgan holda oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Mazkur oʻquv yurtlari oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktiriladi, ularning oʻquvchilari iхtisosligidan kelib chiqib ushbu muassasalarda amaliyot oʻtaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2020 yildan kuchga kirdi.


Elmira Siraziyeva.