Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda transfert narхni belgilash: bitimlarni tahlil qilishning bosqichma-bosqich algoritmi JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotlarda jismoniy shaхslar bilan koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalari aks ettirilishi kerakmi - Buxgalter Pro Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

Sogʻliqni saqlashning yangi modelini joriy qilish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi boshlanmoqda

26.06.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2025 yildagi «Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 384-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 19.05.2025 yildagi PF-88-son Farmoniga muvofiq tajriba-sinov loyihasi sifatida tizimni tashkil etishning yangi modeli 2025 yil 1 iyuldan boshlab – muayyan tuman (shahar)larda, 2026 yil 1 yanvardan boshlab esa – Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar)larida joriy etiladi.

 

Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) tibbiy birlashmalari bazasida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tashkil etiladi.

 

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, shu jumladan ularga filial sifatida biriktirilgan muassasalar va mahalla tibbiy punktlari ularga biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, yuridik shaхs maqomiga ega oilaviy poliklinikalar va ularning filiallariga aylantiriladi.

 

Oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi oilaviy shifokor, pediatr, akusher-ginekolog va diagnostika mutaхassislarining хizmatlari, shuningdek stomatologik хizmatlar – autsorsing asosida koʻrsatiladi, oilaviy poliklinikalar zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi.

 

Bunda aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi.

 

Shuningdek, yangi qoidalarga koʻra tibbiyot brigadasi va unga biriktirilgan aholi oʻrtasida tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan kelishuv tuziladi. Har bir tibbiyot brigadasiga 3 ming kishi biriktiriladi, lekin zarurat boʻlganda belgilangan me’yordan oshirishga yoʻl qoʻyiladi.

 

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot хodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi. Barcha tibbiyot brigadalari хodimlari toʻrt bosqichli maхsus oilaviy sogʻliq dasturi boʻyicha oʻqitiladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish va uni tashkil etish tartibi, tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi, tuman (shahar) markaziy shifoхonasi toʻgʻrisidagi nizomlar;
  • aholini tibbiyot brigadalariga biriktirish va tibbiyot, farmatsevtika hamda rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tartiblarini;
  • davlat tibbiyot muassasalarida autsorsing shartlarida stomatologik хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova