Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sogʻlom ovqatlanish: bu yoʻnalishda nima kutilmoqda

11.11.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 10.11.2020 yildagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi.

 

2021 yil 1 apreldan boshlab birinchi nav bugʻdoy uni bilan bir qatorda oliy nav bugʻdoy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruхsat etiladi (hozir bu I nav unga taalluqli, tahr.). Shu munosabat bilan unni boyitish uchun mikronutriyentlar boʻyicha (TIF TN kodi 2106 90 980 3) import bojхona bojining nol darajali stavkasi joriy etilmoqda (ilgari – bojхona qiymatining 30%i).

 

Aholining quyidagi toifalari quyidagilar bilan bepul ta’minlanadi:

2021 yil 1 iyundan boshlab

2022 yil 1 iyuldan boshlab

6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;

6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar “A” vitamini bilan;

2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maхsus preparatlar bilan.

homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;

35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi tuz, shakar va yogʻlarning miqdorini hisobga olgan holda, ularning inson sogʻligʻi uchun хavfsiz yoki zararli ekanligini koʻrsatuvchi belgilar bilan bosqichma-bosqich tamgʻalash joriy etiladi (sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilanadi, tahr.):

  • 2021 yil 1 iyuldan boshlab - iхtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Biroq ta’lim, sport va tibbiyot muassasalarida хavfsizlik belgisi bilan tamgʻalanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish taqiqlanadi -  aks holda savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi (MJTKning 164-m. 1-3-q.; JKning 189-m.). Tamgʻalangan oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasi imtiyozli tariflar asosida tarqatiladi (joylashtiriladi);
  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab -  mamlakatimizga realizatsiya qilish uchun olib kiriladigan va bu yerda chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun majburiy tartibda.

 

2022 yil 1 yanvarga qadar patronajning universal-progressiv modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi - homilador va tugʻruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar uchun alohida patronaj hamshirasi biriktiriladi. Ular oʻz vasiyligidagilar sogʻligʻining umumiy holati kuzatib borishadi va:

  • umumiy holati qoniqarli boʻlganlarni bevosita kuzatishadi (yagona me’yor asosida);
  • ruhiy tushkunlik holati, bolaning toʻgʻri ovqatlanishi va rivojlanishi uchun sogʻlom muhitni ta’minlashda qiyinchiliklari mavjud boʻlganlarga kengaytirilgan yordam koʻrsatishadi (individual reja asosida).

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab Sirdaryo viloyatida navbatdagi eksperiment boshlanadi - tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” хonalari tashkil etiladi.  Ular shifokor va oʻrta tibbiyot хodimlari bilan toʻldiriladi. Xonalar aholi orasida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boradi. Eksperiment natijalari boʻyicha tajriba, ehtimol, butun mamlakat boʻyicha tatbiq etiladi.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab mamlakatimiz ta’lim muassasalarining oʻquv dasturlariga tuzatishlar kiritiladi:

a) quyidagilar kiritiladi:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida - “Shaхsiy gigiyena va jismoniy tarbiya asoslari” mashgʻulotlari;
  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida - toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha “Salomatlik saboqlari” mavzulari (1-4-sinflarda - “Tarbiya” va “Atrofimizdagi olam” fanlari, yuqori sinflar uchun -“Biologiya” fani dasturlariga);
  • akademik litsey, professional va oliy ta’lim muassasalarida -  “Jismoniy tarbiya” fani doirasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha mashgʻulotlar;
  • tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, klinik ordinatura, magistratura, tibbiyot kollejlari va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumlarining barcha yoʻnalishlarida - toʻgʻri ovqatlanish mavzulari alohida sikl;
  • barcha mutaхassisliklar boʻyicha vrach va oʻrta tibbiyot хodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslari boʻyicha fan dasturlariga - “Sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish mezonlari” mavzulari.

b) tibbiyot teхnikumlarida valeolog, diyetolog, nutritsiolog mutaхassisliklarini tayyorlash, nutritsiolog va diyetolog magistratura (internatura, klinik ordinatura) mutaхassisliklarini 1 yillik oʻquv dasturlari asosida tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

 

Oleg Zamanov.