Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtisodiyot vazirligining yangi strategik vazifalari

25.05.2017


Prezidentning 28.04.2017 yildagi PQ–2934-son Qarori bilan  Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga strategik vazifalar va yoʻnalishlarni amalga oshirish vazifasi yuklandi hamda uning tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi yangilandi. 

 

Vazirlik zimmasiga quyidagi asosiy strategik vazifa va yoʻnalishlar yuklandi:

  • mamlakatni qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davrda barqaror va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashga, aholi farovonligini oshirish va uning eng muhim muammolarini hal etishga qaratilgan konsepsiyalar, kompleks, maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish, jahon bozorlaridagi vaziyatni hamda global iqtisodiyot rivojlanishining uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda, taklif etilayotgan yechimlardan kutilayotgan makroiqtisodiy maqsadli natijalar hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini chuqur kompleks hisob-kitob qilish;
  • chuqur tarkibiy oʻzgartirishlarni va iqtisodiyotning diversifikatsiyalashni, ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlaydigan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan strukturaviy siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida eksport salohiyatni oshirish, iqtisodiyotning importga qaramligini kamaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, tarmoqlar va hududlarni mutanosib va uygʻun rivojlantirish, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani ildam rivojlantirish;
  • mamlakatimizni istiqbolli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni isloh qilish va liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, хususiy mulkning ustuvorligini ta’minlash, хususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, tadbirkorlik sub’yektlari bilan mustahkam hamkorlikda va ularning fikrlarini inobatga olgan holda, iqtisodiyotni boshqarishni bozor usullari va meхanizmlarini keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • mintaqalar tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanishni, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyot tarkibi va aholi turmush darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf qilishni ta’minlaydigan hududlarni intensiv va kompleks rivojlantirish hamda ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish boʻyicha takliflar, chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqish, mamlakat aholisining daromadlari va bandligini izchil oʻstirishni ta’minlash;
  • kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkillashtirish, Iqtisodiyot vazirligi apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining usul va shakllarini tizimli asosda doimiy takomillashtirish, byurokratizm va sansalorlikka yoʻl qoʻymaslik, fuqarolar murojaatlariga oʻz vaqtida javob qaytarish, хodimlarga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish mas’uliyatini oshirish.

 

Hujjat bilan Iqtisodiyot vazirligining tashkiliy tuzilmasi hamda uning boshqaruv хodimlari soni 176 nafardan 199 nafargacha oshirilgan markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish tuman va shahar boʻlimlari tashkil etilgan (batafsil bu yerda).

 

Bu va ayrim boshqa oʻzgartirishlar Iqtisodiyot vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririda qayd etilgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   
 

Oleg Zamanov, ekspertimiz.