Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq maslahatchilari hisobot bilan birga хulosa berishadi

20.04.2017

 

18.04.2017 yildagi OʻRQ-429-son Qonun bilan «Soliq maslahati toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan  tuzatishlar kuchga kirdi.

 

Soliq maslahatchilari tashkilotlari majburiyatlari kengaytirildi. Endilikda ular jumlasiga quyidagilar ham kiradi:

 

  • belgilangan tartibda soliq maslahati boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari toʻgʻrisida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan oʻtishi haqida aхborot taqdim etishi;
  • soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini belgilashi va unga amal qilishi shart. Bunda soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga doir talablar milliy standartlar bilan belgilanadi.

 

Bundan tashqari, soliq maslahati boʻyicha hisobot bilan bir qatorda endi ishonch bildiruvchiga хulosa taqdim etiladi. Bu soliq maslahatchilari tashkilotining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash, soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan ob’yektlarni aniqlash va hisobini yuritish toʻgʻrisidagi fikrini oʻz ichiga oluvchi yozma shaklda ifodalangan hujjatdir.

 

Xulosa soliq maslahati boʻyicha hisobot asosida tuziladi hamda soliq maslahatchilari tashkilotining хulosasi soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari), soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanishi kerak.

 

Aniqlashtirilishicha, soliq maslahatini amalga oshirishda bir yil ichida 2 marta (ilgari – 2 martadan koʻp) qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligi malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos boʻladi. Boshqa asoslar oʻzgarishsiz qoldirildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.