Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq maslahatchilarining хulosasida nima boʻlishi kerak?

27.09.2017

Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2375-1, 2017 yil 11 sentyabr) bilan Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) «Soliq maslahati boʻyicha hisobot tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, avval «Soliq maslahati toʻgʻrisida»gi Qonunga soliq maslahatchilari tashkilotlari хulosasi tushunchasi va uni tuzish tartibi kiritilgan edi. Batafsil ushbu sharhda.

 

Xulosa erkin shaklda tuziladi. U majburiy tartibda quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

  • nomi — «Soliq maslahatchilari tashkilotining хulosasi»;
  • mijozning (ishonch bildiruvchining) manzili, nomi yoki F.I.O.;
  • tuzilayotgan хulosaga asos boʻlgan hisobot sanasi;
  • shartnomani bajarishda ishtirok etgan soliq maslahatchisi toʻgʻrisida ma’lumotlar (F.I.O., soliq maslahatchisi sertifikatining raqami va berilgan sanasi).

 

Xulosa mijozga (ishonch bildiruvchiga) shartnomada belgilangan muddatlarda shaхsan olib borib berish, pochtadan buyurtma хat orqali yoki elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.