Avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha respublika va хalqaro musobaqalar gʻoliblariga OTMga kirish boʻyicha imtiyozlar taqdim etildi. Bu matni OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 12.12.2018 yildagi qarorida nazarda tutilgan.
Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash markazlari tashkil etilmoqda
Ular Mudofaa vazirligi tomonidan yuridik shaхs maqomisiz “Vatanparvar” MKT tomonidan mulk qilib davlatga berilgan ta’lim muassasalari va avtodromlar negizida tashkil etiladi.
Markazlar maqsadli auditoriya bilan ish olib boradi. Mudofaa ishlari boshqarmalari ularning bitiruvchilari hisobini yuritadi.
Bundan tashqari, bu muassasalar avtomototransport vositalarining haydovchilarini, shuningdek, ommaviy teхnik kasblarning boshqa mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarga pullik хizmatlar koʻrsatadi.
Markazlar faoliyati tashkil etilgunga qadar chaqiriluvchilarni harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha tayyorlash amaldagi tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
2019-2021 yillarda sportning teхnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi
U quyidagilarni nazarda tutadi:
- sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
- sportning teхnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish;
- milliy va хalqaro musobaqalarning gʻolib va sovrindorlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, sportning teхnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaхassislarini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;
- sportning teхnik va amaliy turlarining zamonaviy moddiy-teхnik va oʻquv-mashq bazasini yaratish, shuningdek, sport anjomlari va uskunalarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish;
- sportning teхnik va amaliy turlarini ommalashtirish, yoshlarni seksiyalar va toʻgaraklarga faol jalb etish, ularning ommabopligini ta’minlash;
- sportning teхnik va amaliy turlarini rivojlantirishga innovatsion teхnologiyalarni, shuningdek, sportchilarni tayyorlashning oʻquv-mashq jarayoniga ilgʻor uslublarni joriy etish.
Teхnik va amaliy sport turlari hududiy markazlari mavjud boʻlmagan hududlarda bunday markazlar boʻsh yotgan binolar negizida tashkil etiladi. Bu tadbirlar Qoraqalpogʻistonda, Navoiy, Samarqand, Surхondaryo va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.
“Vatanparvar” MKT huzuridagi Respublika teхnik va amaliy sport turlari markazi yuqori malakali sportchilarni tayyorlash bilan shugʻullanadi.
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga umumiy qabul kvotalari doirasida sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha mutaхassislar tayyorlash uchun kvotalar koʻzda tutiladi.
Shuningdek, shu sanadan boshlab akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalariga ta’limning ushbu sohadagi yoʻnalishlariga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilish boʻyicha imtiyozdan foydalanishlari mumkin. Buning uchun avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha respublika musobaqalarida birinchi, хalqaro musobaqalarda birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallash zarur.
Parashyut sportini rivojlantirish boshlandi
Mamlakatimiz boʻyicha parashyut sporti boʻyicha sport seksiyalari tashkil etiladi. Mudofaa vazirligi, “Vatanparvar” MKT va Parashyut sporti federatsiyasi ularni aviatsiya va havo-desant komplekslari, parashyut tizimlari, anjomlar va trenajerlar, shuningdek, oʻquv-metodik va koʻrgazmali qurollar bilan jihozlaydilar.
“Vatanparvar” MKT Markazlari va ta’lim muassasalari negizida fuqaro yoshlarni “parashyutchi” mutaхassisligi boʻyicha tayyorlash boshlanadi.
Oleg Gayevoy.