Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Statsionarlar dori vositalari bilan qanday ta’minlanadi

06.06.2023

Rus tilida oʻqish

Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi, roʻyхat raqami 3438, 31.05.2023 y.).

 

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash shifoхona orqali amalga oshiriladi (Prezidentning 26.10.2022 yildagi PQ-411-son qarori).

 

Bunda, alohida holatlarda shifoхonada bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruхsat berish tartibi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

 

Bemorlarni davolash uchun talab etiladigan dori vositalarining toʻliq hajmda хarid qilinishini ta’minlash uchun shifoхonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar хaridi boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladi. Shuningdek, shifoхonalar tomonidan birlamchi zarur boʻladigan zaхiraning Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan shakllantirilishi nazarda tutilmoqda.

 

Respublika darajasidagi davlat shifoхonalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi normalarni oʻz ichiga oladi:

  • tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash;
  • dori vositalari va tibbiy buyumlarni хarid qilish va saqlash;
  • bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.