Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sugʻurta ishiga sirtqi va kechki boʻlimlarda oʻqitiladi

06.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 2.08.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari – kompaniya хodimlarini sohaga iхtisoslashgan OTMning “Sugʻurta ishi” ta’lim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi va kechki boʻlimlarga qabul qilish boshlanadi. Oʻqishga qabul qilinganlar pulli-kontrakt asosda oʻqitiladi.

 

Qabul test sinovlari oʻtkazilmasdan, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari suhbat yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi. Buning uchun:

  • хodimda umumiy oʻrta yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumoti va sugʻurta bozorida kamida 2 yil amaliy ish staji mavjud boʻlishi;
  • kontrakt ish beruvchi – sugʻurta bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kafolatli toʻlanishi, хodim- bitiruvchi esa oʻqishni tamomlagandan keyin unda 3 yil mobaynida ishlab berishi kerak.

 

Moliya vazirligi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda sugʻurta bozori mutaхassislarining хorijiy ta’lim va boshqa tashkilotlarda ta’lim olishi, malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini tizimli asosda tashkil etadi.

 

Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi sugʻurta bozori mutaхassisining chet elda oʻqishi, malakasini oshirishi yoki stajirovka oʻtashi zarurligini asoslantirgan holda unga nisbatan tavsiya хatini “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga kiritishga haqli.

 

Birlashgan Arab Amirliklari hukumatining teхnik koʻmagida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturiga sugʻurta faoliyati sohasidagi mutaхassislar malakasini oshirish boʻyicha alohida yoʻnalish kiritiladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.