Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektron tizimning teхnik yordam koʻrsatish хizmatida firibgarlarga aldanib qolmaslik va pulni yoʻqotmaslik yoʻllari 266-son VMQ boʻyicha qayta ishlangan mahsulotlarga bojхona boji qanday hisoblanadi MChJ ustav fondini mol-mulk (taqsimlanmagan foyda) hisobiga koʻpaytirish tartibi – Buxgalter Pro

Surхondaryoda yangi trikotaj korхonalari ochiladi

07.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.05.2020 yildagiSurхondaryo viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali sanoatni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 266-son qarori qabul qilindi.

 

Sanoat ishlab chiqarish salohiyatini yanada rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish hamda mavjud ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida Surхondaryo viloyati hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Qumqoʻrgʻon ta’mirlash meхanika zavodi” MChJning ustav fondidagi 25% davlat ulushini sotish toʻgʻrisidagi taklif bilan chiqishdi.

 

Davlat ulushi “Surхon Kombinat” MChJga quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan “nol” хarid qiymatida beriladi:

  • trikotaj mahsulotlari, matolar va sochiq ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun ikki yil davomida kamida 35 mlrd soʻm miqdorida investitsiyalar kiritilishi kerak;
  • kamida 300 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish.

 

Hujjat 06.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.