Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv havzalari «E-auksion» orqali ijaraga beriladi

29.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.09.2023 yildagi «Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik sub’yektlariga «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi»gi 441-son qaror qabul qilindi.

 

2023 yil 1 oktyabrdan davlat suv havzalari «E-auksion» orqali onlayn-auksion yoʻli bilan ijaraga beriladi. Shu bilan birga ulardan foydalanishning aniq maqsadlari belgilanmoqda:

  • davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) — baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash uchun;
  • tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari — suv boʻyida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, qayiqda suzish baliq mahsulotlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm хizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni joylashtirish uchun.

 

Tadbirkorlik sub’yekti muayyan bir suv havzasini onlayn-auksionga chiqarish tashabbusini ilgari surishi mumkin.

 

Suv havzasining хususiyati, joylashgan joyi va maydonining hajmini inobatga olgan holda auksion gʻolibiga quyidagi talab va cheklovlar belgilanishi mumkin:

  • kiritiladigan investitsiyaning eng kam miqdori;
  • suv havzasini baliqlantirishning eng kam miqdori;
  • baliq ovlashning yillik eng kam va/yoki eng koʻp miqdori va boshqalar.

 

Auksion gʻolibi bilan ijara shartnomasi 10 yilga tuziladi va bu muddat yana 10 yilga uzaytirilishi mumkin.

 

Hosildorlik oshganda ijara toʻlovi miqdori mutanosib ravishda kamaytiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.09.2023 yilda kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev