Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligi qanday ta’minlanadi

29.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.09.2023 yildagi  “Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi  500-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.06.2023 dagi “Ma’muriy islohotlar doirasida suv хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-101-sonli Farmoniga muvofiq Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining vazifalari, funksiyalari,huquq va majburiyatlari belgilangan edi.

 

Xususan, mazkur Inspeksiyaga Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining quyidagi funksiyalari oʻtkazildi:

  • barcha yer usti suv ob’yektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalari (tartibi)ga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
  • suv хoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini koʻrish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • barcha yer usti suv ob’yektlarida suvdan foydalanishga doir ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi  huzuridagi Ekspertlar kengashi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Shuningdek, hukumatning ba’zi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 28.09.2023 yildan kuchga kirdi 

 

Lola Abduazimova