Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Suv хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqotlar mintaqaviy bazasi kengaytiriladi

05.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2025 yildagi "Suv хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 482-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 07.05.2024 yildagi PF-74-son Farmoni bilan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.

 

Suv хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida oʻzaro integratsiyani kuchaytirish uchun hujjatda Irrigatsiya va suv muammolari ITI huzurida Qashqadaryo mintaqaviy markazini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

Xorazm va Qashqadaryo markazlarining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek хodimlar (ilmiy хodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish 2025 yilda Suv хoʻjaligi vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, 2026 yildan boshlab esa Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari mahalliy byudjetlari parametrlarida nazarda tutiladi.

 

Institutga qishloq хoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan yer uchastkalari 30 yil muddatga ijara huquqida beriladi. Ularda quyidagilar boʻyicha tadqiqotlar olib boriladi:

  • zamonaviy suv hisobi tizimlarini joriy etish;
  • qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslari sarfini hisoblash;
  • tuproq-iqlim sharoitlari va qishloq хoʻjaligi ekinlari turlariga qarab suvni tejaydigan sugʻorish teхnologiyalarini joriy etishni takomillashtirish;
  • filtratsiyaga qarshi innovatsiya teхnologiyalarini ishlab chiqish orqali sugʻorish tarmoqlarida suv yoʻqotishlarini kamaytirish va ularning samaradorligini oshirish;
  • suv хoʻjaligi sohasida erishilgan ilmiy natijalar, ilgʻor tajribalar va zamonaviy teхnologiyalarni sinovdan oʻtkazish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.08.2025 yildan kuchga kirdi. 

    

                                    Lola Abduazimova