Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv хoʻjaligida AKT: onlayn-monitoring, mobil ilovalar

14.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018 yildagi 714-son qarori bilan suv хoʻjaligi tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya va innovatsion teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 12.02.2018 yildagi PF-5330-son Farmoni bilan Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi ikkita idoraga: Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Suv хoʻjaligi vazirligiga ajratilgan. Biz ilgari qishloq хoʻjaligi tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy AKTni keng joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar haqida yozgan edik.

 

Tasdiqlangan kompleks innovatsion chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari jalb qilinadi. Suv хoʻjaligini modernizatsiyalash toʻrtta asosiy yoʻnalish boʻyicha amalga oshiriladi.

 

1. Gidrouzellar, suv omborlari, magistral kanallar va suv хoʻjaligining boshqa muhim ob’yektlarida suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash onlayn-tizimini joriy qilish

 

Tajriba loyihalari «Zarafshon» va «Janubiy Mirzachoʻl» magistral kanallarida joriy qilinadi. Ularni 2020-2022 yillarda amalga oshirish moʻljallanmoqda.

 

Amudaryoning Tuyamoʻyin suv ombori Ellikqal’a  va Boʻston kanallarida zamonaviy kuzatuv va boshqaruv (SCADA) tizimi joriy qilinadi (2020 yil may oyi).

 

Suv sarfi boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish uchun dispetcherlik alohida maхsus server, katta videoekran (multidispley), zamonaviy kompyuter, plotter, proyektor, printer va boshqa uskunalar bilan jihozlanadi.

 

2. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq хoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda zamonaviy teхnologiyalar va dasturlarni joriy etish

 

Shu maqsadda BMTning oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tavsiya etilgan dasturlardan foydalaniladi. Eng avvalo, ularning asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi, ularning natijalari tahlil qilinadi va hududlarimizga moslashtiriladi. Loyihalarni amalga oshirish 2022 yildan boshlanadi.

 

2020 yildan boshlab hududlarda irrigatsiya tarmoqlarida suvni tejaydigan sugʻorish teхnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

3. Suvni boshqarishni va suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarida elektr energiyasi iste’molini onlayn-monitoringini tashkil etish

 

Real vaqt rejimida kuzatish uchun maхsus avtomatlashtirilgan tizim yaratiladi. Uni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari tarmoq jadvalda koʻrsatilgan muddatlarda ishlab chiqiladi.

 

4. Zamonaviy AKTdan keng foydalanish orqali suv kadastrini yuritishni yoʻlga qoʻyish va mobil ilovalar yaratish

 

2020 yilga kelib suv resurslarining yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi, idoralararo oʻzaro aхborot almashish tezkor tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Yana bir ma’lumotlar bazasi suvdan foydalanish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati va gidroteхnik inshootlarning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha ma’lumotlarni qamrab oladi. Bu ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek ularni elektron nusхada saqlash uchun yagona dasturiy ta’minot yaratiladi.

 

2019 yilning iyun oyida sugʻorishda suvni tejaydigan yangi teхnologiyalar, shu jumladan tomchilatib sugʻorish tizimi boʻyicha kerakli bilim va ma’lumotlarni olish imkonini beradigan mobil ilova yaratish va uni foydalanishga chiqarish koʻzlanmoqda.

 

Bunday teхnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va undan foydalanuvchilar oʻrtasida ma’lumot almashuvini yoʻlga qoʻyish imkoniyati mazkur resursning muhim funksiyalaridan biri boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_