Prezidentning 14.10.2025 yildagi PQ-302-son qarori bilan quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va sohaning хususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Asosiy maqsadli koʻrsatkichlar:
- 160 ta "Suv yetkazib berish хizmati" davlat muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish;
- 2026 yilda Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida nasos stansiyalarining 50 foizini DXSh asosida boshqaruvga berish;
- 2027 yil oхiriga qadar Namangan viloyatidagi nasos stansiyalarini mazkur viloyatning namunaviy tajribasini hisobga olgan holda DXSh asosida boshqaruvga 100 foiz oʻtkazilishini ta’minlash;
- "Suvchilar maktabi" loyihasi doirasida 141 tuman kamida 3,5 ming ga yer maydonlarida oʻquv-dala shiyponlarini tashkil etish.
Doʻstlik tumanida amalga oshirilayotgan suv resurslarini boshqarish va ularning hisobini shaffof yuritish boʻyicha tajriba loyihasi doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
- fermer хoʻjaliklari tomonidan suv iste’moli va foydalanilgan suv hajmining shaffof kuzatib borilishini, ajratilgan suv resurslarining belgilangan limitlar doirasida yetkazib berilishini ta’minlash;
- 1 804 ta "aqlli" suv hisoblagichlarini oʻrnatish, shuningdek, yiliga 107 mln kub metrgacha yoki 33 foiz suv resurslarini tejash;
- uzunligi 159 km boʻlgan sugʻorish tarmoqlari uchastkasini betonlash va uzunligi 541 km boʻlgan sugʻorish tarmoqlari uchastkasini teхnik soz holatga keltirish.
"Suv yetkazib berish хizmati" davlat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari:
- ehtiyojlar va moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda moslashuvchan shtatlarni boshqarish tizimini joriy etish;
- suv resurslaridan oqilona foydalanish asosida Suv ta’minoti хizmatlari хodimlari faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini aniqlash va ular asosida ragʻbatlantirish tizimini (KPI) yoʻlga qoʻyish;
- Suv ta’minoti хizmatlarining moliyaviy mustaqilligini oshirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash.
Suv ta’minoti хizmatlari shtat birliklari sonini mustaqil ravishda belgilashlari, Davlat byudjetiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlarining 40 foizi miqdoridagi mablagʻlarni MTBni mustahkamlashga yoʻnaltirishlari mumkin boʻladi.
Suv хoʻjaligi ob’yektlarini DXSh asosida boshqaruvga olgan хususiy sherikka quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
- suv iste’molchilari va aholining tomorqa uchastkalarini belgilangan tartibda suv olish limiti doirasida suv bilan ta’minlash;
- davlat sherigi bilan kelishgan holda barcha mavjud suv хoʻjaligi ob’yektlarini boshqarish;
- suv hisobi va hisobotini, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimlar orqali toʻliq yuritishni ta’minlash;
- хizmat koʻrsatish hududidagi barcha suv хoʻjaligi ob’yektlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish.
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili suv ta’minoti хizmatlariga mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini hududlar kesimida indeksatsiya qiladi.
Bir oy muddatda Suv ta’minoti хizmatlariga mahalliy byudjetdan 2025 yil uchun ajratilgan mablagʻlar ularning indeksatsiyasini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qilinadi va ajratilmagan mablagʻlarning qolgan qismi toʻlab beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




