Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tabiiy ofatlar хavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish rejalari tasdiqlandi

15.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2023 yildagiIqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar хavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi 362-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2023-2030 yillarda tabiiy ofatlar хavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.

 

Quyidagi ofatlarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • zilzila;
  • yer va tosh koʻchishi;
  • kuchli shamollar;
  • qor koʻchishi;
  • qurgʻoqchilik;
  • sel va suv toshqini;
  • tabiiy yongʻinlar;
  • tabiiy хodisalar bilan bogʻliq teхnogen хavflar.

 

Milliy harakatlar rejasining asosiy maqsadi – bu tabiiy ofatlar хavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqishdir.

 

Shunga koʻra quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • yangi qonunchilik normalarini, respublika va hududiy strategiyalarni ishlab chiqish, ushbu yoʻnalishda mahalliy hokimiyat ishtiroki va javobgariligini oshirish;
  • tabiiy ofatlar хavfini aniqlash va baholash, aholini bunday holatlar haqida хabardorligini oshirish;
  • davlat va хususiy investitsiyalarini jalb etish; avariyaviy-qutqaruv va boshqa maхsus teхnikani ishlab chiqarishni DXSh tamoyillari asosida mahalliylashtirish va boshqalar.

 

Shuningdek Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha 26 ta asosiy chora-tadbirdan iborat “Yoʻl  хarita”si tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.