Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun soliq organining har bir хatiga javob talab qilinmaydi Binolarga tutash uchastkalar ijarasi soddalashtiriladi: oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni rasmiylashtirish yoki buzish kerak Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar bilan ishlash Tovarlarning chakana savdosi qanday hisobga olinadi Bojхonachilar bilan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyati paydo boʻldi

Tadbirkorlar endi olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni fumigatsiya qilishlari mumkin

22.01.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 20.01.2025 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1020-son Qonun imzolandi.

 

Yuridik shaхslar Oʻzbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun ular tegishli litsenziya olishlari kerak.

 

Ma’lumot uchun: fumigatsiya — oʻsimliklar karantini ob’yektlarini va boshqa zararli organizmlarni yoʻq qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish.

 

Litsenziya Oʻsimlik karantini va himoyasi agentligi tomonidan beriladi. Litsenziya uchun davlat boji miqdori – BHMning 3 baravarini tashkil etadi.

 

Mazkur faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish BHMning 250 baravari miqdorida jarimaga tortish bilan jazolanadi.

 

Shunga koʻra:

 

Mazkur faoliyatni litsenziyalash tartibi hamda olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotni fumigatsiyalash tartibi 6 oy ichida ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev