Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Tadbirkorlar maktab oʻquvchilarining kasbiy ta’limiga jalb etiladi

13.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.02.2025 yildagi 78-son qarori bilan Oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va tadbirkorlik sub’yektlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va tadbirkorlarning hamkorlik yoʻnalishlari belgilangan. U shuningdek quyidagilarni belgilaydi:

  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishni tashkil etish tartibi;
  • tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasbiy toʻgaraklarni tashkil etish asoslari;
  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining boʻsh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va tadbirkorlarning majburiyatlari.

 

Kasbiy toʻgaraklar mashgʻulotlariga tadbirkorlik faoliyati bilan qiziquvchi 7–11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi SSP bilan birgalikda 2025 yildan boshlab oʻquvchilarni qobiliyati va qiziqishlariga mos kasblarga yoʻnaltirish, shuningdek ularni zamonaviy kasblar bilan tanishtirish maqsadida 8-sinf oʻquvchilarining sanoat, ishlab chiqarish, хizmat koʻrsatish, agroteхnika sohasidagi korхona va tashkilotlarga ekskursiyalarini tashkil etadi.

 

2024/2025 oʻquv yili oхirigacha maktab bitiruvchilari uchun ular tanlagan kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar joriy etiladi va elektron sertifikatlar beriladi.

 

Tadbirkorlarni kasbiy ta’limga jalb etish 2025/2026 oʻquv yilida Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tajriba tariqasida joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova