Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlarga kredit ta’tillari beriladi

07.02.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 03.02.2023 yildagi “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-43-son Qaror imzolandi.

 

2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil boʻlgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha foizlarsiz, qoʻshimcha shartlar qoʻymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat beriladi.

 

Soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash haqidagi arizalar soliq organlari tomonidan 5 kun ichida koʻrib chiqiladi.

 

Soliq qoʻmitasiga havo haroratining keskin sovib ketishi davrida toʻliq quvvatda ishlay olmagan soliq toʻlovchilarning yanvar oyi ish yakuni boʻyicha hosil boʻlgan qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish topshirilgan.

 

Bundan tashqari, 2023 yilning 1 apreliga qadar:

  • tadbirkorlik sub’yektlarining soliq qarzdorligi boʻyicha penya hisoblash;
  • tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga jarimalar, shuningdek 04.02.2023 yilgacha qoʻllanilgan jarimalarni undirish;
  • Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga nisbatan davlat foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi;
  • tadbirkorlar tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar, shu jumladan dastlabki toʻlov toʻlanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash vaqtinchalik toʻхtatib turiladi.

 

2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin; 2022 yildan buyon amalda boʻlgan ijara shartnomalari boʻyicha ijara miqdori oʻzgarishsiz qoldiriladi.

 

2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida davlat хaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlarga jarima va penyalar qoʻllanilmaydi.

 

Markaziy bank va tijorat banklariga qish mavsumida talafot koʻrgan tadbirkorlik sub’yektlarining:

  • kreditlari boʻyicha 2023 yil yanvar-mart oylari uchun toʻlovlar muddatini 2023 yil 1 iyunga qadar uzaytirish;
  •  muddati oʻtgan kreditlarga jarima sanksiyalari va garov ta’minoti boʻyicha undiruv choralarini qoʻllamaslik;
  • faoliyati uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan qisqa muddatli (revolver) kredit mahsulotlarini taklif etish;
  • nosoz holga kelgan asosiy vositalarni ta’minlash uchun kreditlar ajratish;
  • kredit byurolarida kreditlari boʻyicha toʻlovlar muddatining uzaytirilishi ularning kredit tariхi va skoring koʻrsatkichlarini tekshirishda inobatga olmaslik boʻyicha tegishli choralar koʻrish yuklatildi.

 

Ma’lumot uchun:  Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida nosoz holga kelgan asosiy vositalarni ta’mirlash uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha:

  • kredit summasining 50 %gacha, lekin umumiy qiymati 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
  • foiz stavkasi Markaziy bank stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq asosiy stavkaning 30% koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kreditning butun davri, biroq kredit olingan kundan boshlab 24 oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida kompensatsiya taqdim etiladi.

 

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.02.2023 yildan kuchga kirgan.

 

Sobir Nurberdiyev.